«Bunyodkor»ning nomi o‘zgardi
Shu yilning 16-martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorda «Bunyodkor» stadionining butun majmuasi va inshootlari futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan edi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotoga ko‘ra, «Bunyodkor» stadionining nomi ham o‘zgargan. Endi u «Milliy» deya nomlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter