Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bunyodkor» stadioni oldida tartibsizlik yuzaga keldi

«Bunyodkor» stadioni oldida tartibsizlik yuzaga keldi

Bugun, 18 mart kuni Osiyo kubogi chempionatining yoshlar o‘rtasidagi U-20 futbol musobaqasining final bosqichi o‘tkaziladi. Final o‘yinini tomosha qilishni istovchi ishqibozlar soni stadiondagi o‘rindiqlar sonidan ancha ko‘pni tashkil qilmoqda.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, stadionning o‘zida final o‘yinini tomosha qilish uchun chipta sotib olishga kelgan ishqibozlar 17 mart kuni «Bunyodkor» stadionidagi kassa oldida juda ko‘p to‘planib ketishgan. Kassa oldiga jamoat tartibini saqlash maqsadida IIO xodimlari jalb etilib, uning oldi panjaralar bilan to‘silgan hamda fuqarolar navbat bilan kirishi yo‘lga qo‘yilgan.

«Biroq, taxminan soat 14.30 «Renessans TV» telekanali muxbiri va teleoperatori IIO xodimlari tomonidan to‘silgan panjaradan oshib o‘tgan, bu esa boshqa fuqarolarning qattiq e’tiroziga sabab bo‘lgan. Jamoat tartibini saqlash va fuqarolarni tinchlantirish maqsadida, muxbir va teleoperatorga panjaradan tashqariga chiqishi lozimligi tushuntirilgan. IIO xodimlari tomonidan muxbir hamda teleoperatorga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etilmagan va telekanal texnikasiga shikast yetkazilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ham o‘zingiz ko‘rib guvoh bo‘lganingizdek, stadion kassalari oldida ko‘plab fuqarolar to‘planib ketgan, navbatsiz chipta olishga bo‘lgan urinishlar esa ayanchli yakun topishi mumkin edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining o‘z vaqtida aralashuvchi sababli kassa oldida jamoat tartibi buzilishiga yoki boshqa huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring