Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bunyodkor» stadioni milliy terma jamoa ixtiyoriga berildi

«Bunyodkor» stadioni milliy terma jamoa ixtiyoriga berildi

Foto: «Afisha.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, o‘zbek futbolining 105 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar uchun Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida zamonaviy futbol stadioni quriladi.

Sud tomonidan davlat mulkiga aylangan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Sijjak» dam olish zonasi negizida moliyalashtirish manbalari sifatida xayriya mablag‘lari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati mahalliy byujdetini belgilagan holda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqadi.

«Bunyodkor» stadionining butun majmuasi va inshootlari futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi hisoblanadi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi «Bunyodkor» stadioniga joylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring