"Bunyodkor" Rivaldo va Denilsonga 10 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi
FIFA o‘tmishdagi ikki futbolchi va "Bunyodkor" klubi o‘rtasidagi ancha yillik nizo bo‘yicha o‘z qarorini ma’lum qildi.
Bu haqda Tribuna.uz sayti o‘z manbasiga tayangan holda xabar berdi.
FIFA tartib-intizom qo‘mitasi "Bunyodkor" klubi va jamoaning sobiq o‘yinchilari Rivaldo hamda Denilson o‘rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo‘yicha qaror qabul qildi.
Tribuna.uz manbasi taqdim etgan hujjatlarga ko‘ra, FIFA "Bunyodkor" klubining Rivaldo oldidagi qarzdorligi – 8,1 million yevro, Denilson oldidagi qarzdorlik – 1,1 million yevro mablag‘ni to‘lash bo‘yicha qarorni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuborgan.
FIFA tartib-intizom qo‘mitasi a’zolari 22 fevral kuni "Bunyodkor" klubi va braziliyalik o‘yinchilar o‘rtasidagi mazkur ish bo‘yicha qarorni qabul qilgan.
Toshkent klubi hozircha ushbu masala yuzasidan bayonot bergani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter