Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buloqboshi tumanidagi neft qudug‘ida yuzaga kelgan holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Buloqboshi tumanidagi neft qudug‘ida yuzaga kelgan holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududidagi dalalardan birida gaz yonayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda, Buloqboshi tumani «Chaqar» MFY hududidagi dala maydonida 7 oy oldin yangi neft qudug‘i topilgani ma’lum bo‘lgan.

«Hozirgi kunga kelib, ushbu quduqdan neft olib bo‘lingan va u yerda tegishli xizmatlarning nazorati ostida sinov jarayonlari olib borilmoqda. Xususan, mazkur jarayonda yerosti qudug‘idan chiqayotgan turli chiqindilar, suv aralash gaz miqdori tekshirilib, sof tabiiy gaz olish ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu gaz qudug‘i dalada, aholi yashash punktidan 3 km. uzoqlikda joylashgan.

Holat tegishli idoralar tomonidan to‘liq nazoratga olingan», — deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring