Bukmekerlar Jorj Martinni Nobelga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritishdi
2019-yili adabiyot yo‘nalishida Nobelni kim oladi? Keyinchalik «Taxtlar o‘yini» serialiga asos qilib olingan «Muz va Gulxan qo‘shig‘i» epopeyasi muallifi Jorj Martinning bu boradagi imkoniyatlarini bukmekerlar yuqori baholashmoqda.
Ammo Martin hatto Nobel qo‘mitasi ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi ham mumkin. Chunki «USA Today» yozishicha, Shvetsiya akademiyasi ekspertlari o‘ta maxfiy ishlashmoqda.
Sal avvalroq «Nicer Odds» bukmekerlik sayti adabiyot yo‘nalishida Nobelga da’vogarlar ro‘yxatini chiqargandi. Unda asosiy nomzodlar sifatida ikki kanadalik — shoira Ann Karson va «Xizmatkorning esdaliklari»ni yozgan Margaret Etvud hamda gvadelupalik Mariz Konde ko‘rsatilgandi.
Bundan tashqari, ro‘yxatning davomida Lyudmila Ulitskaya, Xaruki Murakami va Milan Kundera nomlari keltirilgan.
Nima bo‘lganda ham oz qoldi, g‘olibning nomi ertaga, 10-oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter