Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun tug‘ilgan bolalar 22 asrda ham yashaydilar

Bugun tug‘ilgan bolalar 22 asrda ham yashaydilar

Foto: «Youtube.com»

Birlashgan Millatlar Tashkilotining YuNISEF Bolalar jamg‘armasi butun dunyoda bolalar tug‘ilishi bo‘yicha 2021-yilga oid prognozini e’lon qildi.

Ularning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi yilning 1-yanvarida tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yoshni tashkil etadi. Birinchi bola Tinch okeanidagi Fiji arxipelagida dunyoga keldi. 2021-yilning birinchi kunida, ya’ni bugunning o‘zida 371 ming go‘dak tug‘ilishi kutilmoqda. Ularning yarmidan ko‘pi Hindiston, Xitoy, Nigeriya, Pokiston, Indoneziya, Efiopiya, AQSh, Misr, Bangladesh va Kongo Demokratik Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

«Bugun dunyoga kelgan bolalar biz barpo etgan dunyoni meros qilib olishadi. 2021-yil adolat, xavfsizlik va sog‘lik hukm suradigan yil bo‘lsin», — dedi YuNISEF ijrochi direktori Genriyetta Fore.

Tahlilchilar, shuningdek, 2021-yilda 140 million bola tug‘ilishini taxmin qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring