Bugun tanlovimiz yakunlanadi: kechagi natijalar
![Bugun tanlovimiz yakunlanadi: kechagi natijalar](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/920__95_3713820848.jpg)
2018-yilning 17-yanvari soat 17:00 gacha bo‘lgan natijalar
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Tanlovning ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kunlik natijalar ma’lum qilib borilmoqda. 2018-yilning 17-yanvari soat 17:00 gacha bo‘lgan natijalar infografikada aks etgan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugun ilk g‘olibimizni aniqladik. Tanlovning «Twitter»da o‘tkazilgan 2-yo‘nalishida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi Azizjon Ahmedov g‘olib deb topildi.
Tanlovning «Instagram»da o‘tkazilayotgan 5-yo‘nalishida ba’zi ishtirokchilar tomonidan g‘irromliklar kuzatilgani, aksariyat ishtirokchilarning natijalariga spam aralashgani, tanlovda halol qatnashayotganlarni aniqlashning imkoni bo‘lmay qolgani uchun qayd etilgan natijalar bekor qilindi. Ortib qolgan noutbuk zimmasidagi burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatning oilasiga taqdim etildi. Bu haqda alohida foto va videoxabar beramiz.
Qolgan 3 ta yo‘nalish g‘oliblari esa bugun, 18-yanvar kuni soat 18:00 da e’lon qilinadi. Ishtirokchilardan halol bo‘lishni, shartlarimizga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz. Aks holda ishtiroklari hisobga olinmaydi.
Xabarlarimizni kuzatib boring!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter