Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch kun shaxsiy avtomobil va taksilardan foydalanish mumkin emas

Uch kun shaxsiy avtomobil va taksilardan foydalanish mumkin emas

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari shu yilning 15-avgustiga qadar uzaytirilganidan xabaringiz bor.

Ushbu cheklovlarga ko‘ra, joriy yil 31-iyul, 1-2-avgust hamda 8-9-avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati TO‘LIQ TO‘XTATILADI.

Shu bilan birga, fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, test va qon topshirish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson sog‘lig‘iga va hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmasligi belgilangan va shu munosabat bilan mutasaddilarga mazkur holatlarda fuqarolarning avtotransport vositalari harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik, zarur hollarda fuqarolarni manziliga yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq ko‘rsatma berilgan.

Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat og‘irlashganligi munosabati bilan, shuningdek, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida hamda epidemiologlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda, joriy yilning 31-iyul, 1-2-avgust hamda 8-9-avgust (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

  • aholiga — «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
  • davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga — xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablariga muvofiq o‘tkazish to‘g‘risidagi bayonotiga binoan fuqarolarga Qurbon hayitining karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring