Bugun Shavkat Mirziyoyev Samarqandga boradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi.
Tashrif dasturi doirasida, shuningdek, YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter