Bugun respublika bo‘ylab beqaror ob-havo kutilmoqda
![Bugun respublika bo‘ylab beqaror ob-havo kutilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1508037313.jpg)
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 11-16° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter