Bugun Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Bugun, 25-mart kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulukbek Maripov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 9-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston delegatsiya tarkibiga mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari kiritilgan. Mehmonlar Toshkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter