Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonga 1 mln doza vaksina olib kelinadi

Bugun O‘zbekistonga 1 mln doza vaksina olib kelinadi

Xitoy-O‘zbek olimlari hammualifligida yaratilib, shu oy boshida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ZF-UZ-VAC2001 rekombinant vaksinasidan 1 mln doza bugun Toshkentga olib kelinadi. Bu O‘rta Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib bunday katta partiyada vaksina sotib olinishi hisoblanadi.

Bundan avval mamlakatga COVAX tomonidan 660 ming doza Astra-Zeneca vaksinalari taqdim etilgandi. Bu esa 1-apreldan boshlanishi kutilayotgan ommaviy emlashda kamida 1 mln 660ming aholini 1-doza bilan emlash imkoniyatini beradi.

«Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana ortib borayotgan bir paytda vaksina bilan emlash ishlarini jadallashtirish talab etiladi. Shu bois, hukumat tomonidan barcha resurslar, imkoniyatlar mamlakat aholisi uchun yetarli vaksinalar olib kelinishini ta’minlash hamda aholini katta qismini emlash ishlarini qisqa fursatlarda amalga oshirishga qaratilishi kerak» — deb yozadi deputat Doniyor G‘aniyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring