Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda tuman tushishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda tuman tushishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda nam va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shimolda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo 10-12° iliqgacha isiydi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring