Bugun mamlakatimizda 186 nafar bemor tuzaldi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 64 nafar, Xorazm viloyatida yana 1 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 113 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xabar berdi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3369 nafar bemor sog‘aydi.
Xorazm viloyatida esa «COVID-19»dan tuzalganlarning soni 302 nafarga yetdi.
Bugungi kunda Navoiy viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 240 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida esa 67 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘ldi.
Shu tariqa, bugun 186 nafar bemor «COVID-19»dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter