Bugun kunduzi uchun ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43° ni, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gachani tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 40-42° gacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorati 25-30° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter