Bugun kunduzi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter