Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kunduzi ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun kunduzi ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliqqacha isiydi, shimolda 3-8° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring