Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi aholi orasidan chiqdi

Bugun koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi aholi orasidan chiqdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu yilning 12-iyul kuni mamlakatimizda 484 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 219 nafari karantin muassasalarida, 265 nafari aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 129 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12997 nafar bemordan 7852 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5085 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 50 253 nafar, statsionar karantinda esa 25 482 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring