Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun koronavirusga chalinganlardan tuzalganlar ko‘p bo‘ldi

Bugun koronavirusga chalinganlardan tuzalganlar ko‘p bo‘ldi

Foto: «Asia-news.ru»

Shu yilning 7-avgust kuni mamlakatimizda 690 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Andijon, Sirdaryo hamda Xorazm viloyatlarida jami 793 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 29 225 nafar bemordan 20 380 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 662 nafar bemordan 786 nafari og‘ir, 275 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring