«Bugun ishdan 1 soat vaqtli ketishga ruxsat etilmaydi» — huquqshunos
Turli Telegram kanallarida xodimlar bugun, 30 dekabr kuni ishdan kamida 1 soat oldin ketish huquqiga ega ekanligi haqidagi xabarlar aylanib yuribdi.
Ammo bu noto‘g‘ri! — deydi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Uning tushuntirishicha, Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga esa 31 dekabr. Bu sana rasman hech qanday bayram kuni emas.
31 dekabr — shanba 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatdagi dam olish kuni bo‘lsa, 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida dam olish kunidir. Lekin bayram kuni emas.
«Agar ertaga 1 yanvar, bugun esa 31 dekabr bo‘lganda edi, ana unda 1 soat vaqtli ketishimiz mumkin bo‘lar edi.
Shu bois bugun hamma to‘liq ish vaqtida bo‘lishi kerak», ta’kidlaydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter