Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarini teleekranlarda ko‘rishingiz mumkin

Bugun «Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarini teleekranlarda ko‘rishingiz mumkin

Bugun, 8 dekabrda «Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarining milliy televizion premerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati ma’lum qilib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami munosabati bilan yurtimiz telekanallarida «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan «Ibrat» va «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmlarining milliy televizion namoyishi o‘tkaziladi.

«Ibrat» tarixiy-badiiy filmining televizion premerasi quyidagi telekanallar orqali belgilangan vaqtlarda namoyish etiladi:

«O‘zbekiston» telekanalida soat 18:30da
«O‘zbekiston tarixi» telekanalida soat 13:00da
«Kinoteatr» telekanalida soat 21:00da
«Mahalla» telekanalida soat 07:00da
«Madaniyat va ma’rifat» telekanalida soat 10:00da
«MY5» telekanalida soat 22:10da
«Sevimli» telekanalida soat 13:20da

«Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmining televizion namoyishi esa quyidagi telekanallar orqali belgilangan vaqtlarda efirga uzatiladi:

«O‘zbekiston» telekanalida soat 12:00da
«O‘zbekiston tarixi» telekanalida soat 08:00da
«Kinoteatr» telekanalida soat 15:20da
«Mahalla» telekanalida soat 10:00da
«Madaniyat va ma’rifat» telekanalida soat 22:00da

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring