Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham o‘ta issiq ob-havo kuzatiladi

Bugun ham o‘ta issiq ob-havo kuzatiladi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida issiqning biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo harorati 41-44° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 45-46° gacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 35-40° gacha isiydi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda issiq bo‘ladi. Shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 41-43° ni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring