Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun hal qiluvchi bahs: O‘zbekistonning JChdagi taqdiri ma’lum bo‘ladi

Bugun hal qiluvchi bahs: O‘zbekistonning JChdagi taqdiri ma’lum bo‘ladi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Ma’ruf (Misr) ishlaydi. Unga qanotlarda Zakariyo Brinsi (Marokash) va Abbos Akram (Jazoir) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Mavritaniya) topshirilgan.

Shuningdek, VARda Amr El Shinavi (Misr) va Hamza El Fariq (Marokash) faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston — Gvatemala o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 27 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlarimiz jahon chempionatini mezbonlarga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlagandi, ikkinchi turda esa Yangi Zelandiya bilan qiyin durangga erishdi.

O‘z hisobida bir ochkoga ega terma jamoamiz bugun imkon qadar yirikroq hisobda g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi. Shunda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring