Angela Merkelning o‘rnini kim egallaydi?
Bugun, shanba 16-yanvar kuni Germaniyada Angela Merkelning ehtimoliy vorisi saylanadi. Konservatorlarning ish boshlagan s’yezdida partiyaning yangi yetakchisi aniqlanadi. Ovoz berishda 1001 nafar deputat qatnashadi.
Xristian-demokratlar ittifoqi rahbarligiga uch nafar nomzod da’vogar — fraksiyaning Bundestagdagi sobiq rahbari Fridrix Mers, Shimoliy Reyn-Vestfaliya bosh vaziri Armin Lashet hamda Bundestagning tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Norbert Ryottgen.
So‘rovnomaga ko‘ra, yaqqol peshqadam yo‘q, barcha nomzodlarning imkoniyatlari deyarli teng.
Ushbu s’yezd 2020-yil aprelida o‘tishi kerak edi, biroq pandemiya sababli kechiktirildi. Hozirgisi ham koronavirus sababli ilk marotaba onlayn o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter