Bugun Buxoro va Navoiyning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun kunduzi respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter