Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun bojxonachilar bayrami nishonlanmoqda. O‘zgarayotgan tizim haqida

Bugun bojxonachilar bayrami nishonlanmoqda. O‘zgarayotgan tizim haqida

Foto: Xabar.uz

Bugun — bojxonachilar kuni! Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni arafasida bir guruh jurnalistlar bojxona postlari va «Bojxona tarixi» muzeyi faoliyati bilan tanishdilar. Bu kun hamma uchun o‘zgacha o‘tdi.

Har qanday iqtisodiyotning asosi - savdo-sotiq hisoblanadi. Savdoni esa bojxonasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tan olish lozim, yaqin tariximizda bojxonachilar haqidagi tasavvur juda ham yaxshi emas edi. Ammo endi hammasi o‘zgargan, media-tur davomida jurnalistlar bunga ishonch hosil qildilar.

«Toshkent-tovar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘tgan 2020 yilda 86 ming 422 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Bundan davlat budjetiga 3 trln 989 mlrd so‘mdan ortiq to‘lovlar o‘tkazilgan. Eksport esa salkam 384 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Mazkur bojxona posti 1998 yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirda «Orient Logistics Center» logistika markazi hududida joylashgan. Jurnalistlar mazkur logistika markazi bilan ham yaqindan tanishishdi. 7000 kv.m maydonga ega mazkur bojxona ombori Germaniya va Turkiyadan keltirilgan eng zamonaviy yuklash uskunalari bilan jihozlanmoqda.

Media turning navbatdagi manzili «Ark-buloq» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti bo‘ldi. Ushbu post ham logistika markazida joylashgan bo‘lib, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

«Highway logistics center» zamonaviy logistika markazi 2017 yil tashkil topgan va 2018 yil fevral oyidan ish faoliyatini boshladi.

O‘tgan uch yil, yani 2018-2020 yillar mobaynida progressiv tarzda ish faoliyatini yurgizib keldi, qiskacha qilib aytganda, 2018 yilda haftasiga yuk ortish-tushirish, saqlash xizmatlarini 600 tonnagacha amalga oshirgan bo‘lsa, 2020 yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich haftasiga o‘rtacha 1400 tonnani tashkil etdi.

Logistika markazlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. Shu sababdan, davlatimizda zamonaviy jahon standartlariga mos keladigan logistika markazlarining barpo etilishi maqsadga muvofiqdir.

Xavfni boshkarish tizimi joriy etilgandan so‘ng, agar BYuD sariq yoki yashil yo‘laklarga yo‘naltirilsa, yuklarni ortish-tushirish, ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari, bojxona xodimi ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bu esa tadbirkorlarga qulaylik yaratadi.

Mazkur bojxona postida ham «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali tovar va transport vositalariga berilgan ruxsat etuvchi turdagi hujjatlarni onlayn tarzda ko‘rish va tekshirish mexanizmi joriy etilgan. Ushbu bojxona postida bojxona rasmiylashtiruviga zarur bo‘lgan hujjatlarni berishga vakolatli bo‘lgan mutasaddi idoralarning vakillari ham faoliyat olib bormoqda.

Ushbu bojxona postida bojxona rasmiylashtiruviga zarur bo‘lgan hujjatlarni berishga vakolatli bo‘lgan mutasaddi idoralarning vakillari ham faoliyat olib bormoqdalar.

Media tur yakunida jurnalistlar Davlat bojxona qo‘mitasining «Bojxona tarixi» muzeyiga tashrif buyurib, mintaqada bojxona ishining yaratilishi, shakllanishi tarixi hamda bojxona ishi asoslari bilan tanishishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring