Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun bemorlar soni tuzalganlar bilan deyarli bir xil bo‘ldi

Bugun bemorlar soni tuzalganlar bilan deyarli bir xil bo‘ldi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Shu yilning 23-avgust kuni mamlakatimizda 414 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 411 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 946 nafar bemordan 34 987 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 686 nafar bemordan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring