Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter