Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo 20-25° gacha isiydi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 21-23° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘iadi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring