Bugun 2020-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamaga qo‘yiladi
Bugun «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga muvofiq 2020-yil Davlat dasturi loyihasi tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo‘lib, loyiha 320 banddan iborat. Xususan:
- Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish - 41 ta band
- Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish - 28 ta band
- Iqtisodiyotni rivojlantirish - 109 ta band
- Ijtimoiy sohani rivojlantirish - 91 ta band
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish - 51 ta band.
Farmon loyihasida umumiy qiymati 17,5 trln so‘m va 9,6 mlrd AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter