Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu tibbiy qo‘lqoplar qo‘l terisini shikastlamaydi — O‘zmilliybank yordamida ochilgan korxona haqida

Bu tibbiy qo‘lqoplar qo‘l terisini shikastlamaydi — O‘zmilliybank yordamida ochilgan korxona haqida

Bugungi kunda karantin qoidalariga rioya etishda har bir yurtdoshimizning doimiy hamrohiga aylangan. O‘tgan og‘ir davrlarda tibbiyot maskalari bilan birga bir martalik tibbiy qo‘lqoplar ham ko‘p bora jonimizga oro kirdi.

Mana shunday qo‘lqoplarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri Xorazm viloyatidagi «Nur Muxammd Islom Obod» MChJ hisoblanadi.

Yaxshi bilasiz, tibbiy qo‘lqoplardan uzoq muddat foydalanish ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Xususan, ba’zilari qo‘l terisini shikastlab, allergiya holatini yuzaga keltirishi mumkin. Ammo «Nur Muxammd Islom Obod» MChJ ishlab chiqaruvchi mahsulot bunday noqulayliklardan xoli. Aynan shu sababga ko‘ra ham Xorazmda tayyorlanayotgan tibbiy qo‘lqoplar xorijga ham eksport qilinmoqda.



Tuproqqal’a tumanida joylashgan mazkur korxonaning ish faoliyati «O‘zmilliybank» yordamida boshlangan edi. Bank tomonidan ajratilgan 6 mlrd. so‘m kredit evaziga Xitoy davlatidan bir martalik lateksli qo‘lqoplar ishlab chiqarish uskunalari xarid qilindi. Shundan so‘ng ish ham yurishib ketdi.

Hozirda tibbiy qo‘lqoplarni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo asosan Xitoy va Tayland davlatlaridan olib kelinadi. Korxona yiliga 20 mln juftga yaqin qo‘lqop ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bugungi kunda korxonada 50 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Korxonaning eksport geografisi Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlarni qamrab olgan bo‘lib 500 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksportga yo‘naltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring