Bu telegram-botlar bilan chatdan chiqmasdan ishlay olasiz

Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan botlar «Telegram» messenjerida ishlashingizni yana qulaylashtiradi.
Masalan, @ya — «Yandeks»da qidiruvni amalga oshirishda, @bold — matnni formatlashda sizga qo‘l keladi.
Botni ishga tushirish uchun chatda botning nomini yozing (masalan, @pic) va yoniga so‘roq so‘zni (jumlani) kiriting.
- @gif — GIF larni qidirish;
- @pic — «Yandeks»da surat qidirish;
- @wikiru — «Wikipedia»da maqola qidirish;
- @bold — matnni formatlash;
- @youtube — «YouTube»da video qidirish;
- @vkmusic_bot — «VKontakte»da musiqa qidirish;
- @ya — «Yandeks»da qidirish;
- @coub — koublar qidirish;
- @sticker — stikerlar bo‘yicha qidirish;
- @imdb — IMDB da filmlar qidirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter