Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu safar bemorlarning barchasi Toshkentda qayd etildi

Bu safar bemorlarning barchasi Toshkentda qayd etildi

2020-yil 14-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13993 (+121) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi 121 nafari Toshkent shahrida (shundan 86 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 35 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 8074 (+44) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 5854 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring