Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu hali boshlanishi. «Obod mahalla» dasturi haqida haqiqatlar (infografika)

Bu hali boshlanishi. «Obod mahalla» dasturi haqida haqiqatlar (infografika)

Foto: «Kommersant.Uz»

May oyining oxirida Toshkent shahar hokimligining ko‘magi bilan «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish jarayoni boshlandi. Poytaxtda farovon yashovchilar soni 56 000 taga oshdi... Bu esa hali boshlanishi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Foto: «toshkent.uz»

Dasturning mohiyati nimada?

Har bir mahallada obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun ma’lum bir hudud tanlandi. Obodonlashtirishning asosiy punktlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

  • ichki yo‘l va yo‘laklarni tiklash hamda qaytadan asfaltlash;
  • hududlarni ko‘kalamzorlashtirish;
  • binolar fasadi va tomini yangilash;
  • bolalar maydonchalarini barpo etish;
  • ko‘chalar yorug‘ligini yaxshilash;
  • uylar ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.

Natijalar

Mingdan ortiq odamlar har bir obodonlashtirish hududida shahar yaxshilanishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Mahallalarni obodonlashtirish tufayli yaqin oradagi uylarda yashovchilar sirkulyasiyasi 37 foizga ga oshdi.

Masalan, Uchtepa tumanidagi mahallada tez yordam avtomobillari uchun mahsus hududni uchratish mumkin. Bu favqulodda vaziyatlarda yashovchilar oldiga kirishni imkon qadar yengillashtiradi. Ko‘cha fonarlarini o‘rnatish jinoyatchilik va bezorilik kamayishiga olib keldi.

Yangi bolalar maydonchalari va futbol maydonlarining qurilishi yana bir ijobiy tebranishni keltirib chiqardi. Endi yoshlar yanada ko‘proq vaqtlarini toza havoda o‘tkazishadi, rivojlantiruvchi o‘yinlar o‘ynashadi, tengdoshlari bilan muloqot qilib qurilmalarga kamroq vaqt ajratishadi.

Shuni ta’kidlash joizki, «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish vaqtida Toshkent shahar Hokimiyati tomonidan ish tahlillari o‘tkazilib, ba’zi bir kamchiliklar va xatoliklar qayd etildi. Shuning uchun dasturni kelgusi ob’yektlarda amalga oshirishda barcha qayd etilgan ko‘rsatmalar e’tiborga olinadi.

«Obod mahalla» dasturi hammani o‘z atrofida birlashtiradi

Dastur joriy etilganidan so‘ng Toshkent shahar hokimligiga murojaatlar soni 55 foizga oshdi. Dastur joriy etilishidan oldin kuniga o‘rta hisobda 500 murojaat qabul qilingan bo‘lsa, hozirda kunlik murojaatlar soni o‘rtacha 1000 tadan ortiq. Barcha qabul qilingan murojaatlarning 72 foizi ko‘rib chiqildi, 69 foizi hal qilindi. Istiqomat qiluvchilar mahallalarni obodonlashtirish navbati yuzasidan murojaatlaridan tashqari, shahar obodonlashtirish dasturini amalga oshirishga yordam berish tashabbusi bilan yirik kompaniyalar vakillari, xususiy tijoratchilar tomonidan so‘rovlar keldi. Shu munosabat bilan istagan kishi dasturda ishtirok etish uchun maxsus tashkent-tender.uz saytga kirib, talabnoma yuborishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring