Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu yerda hukumat biz!»: minglab namoyishchilar Tailand qiroli qarorgohini qurshab olishdi (video)

«Bu yerda hukumat biz!»: minglab namoyishchilar Tailand qiroli qarorgohini qurshab olishdi (video)

Foto: «The Pattaya News»

Tailand poytaxtida hukumatga qarshi namoyish davom etmoqda, «Reuters» xabariga ko‘ra, ayni paytda 2014-yildan beri o‘tkazilgan namoyishlarning eng kattasi kuzatilmoqda.

Asosan talabalardan tashkil topgan namoyishchilar mamlakatda demokratik islohotlar o‘tkazishni talab qilishmoqda. Xususan, qirolning muqaddas maqomi bahslarga sabab bo‘lyapti (qirol haqida nojo‘ya so‘z aytganlik uchun qamoq jazosi bor).

Mamlakat IIV Bangkokdagi namoyishga 18 ming kishi chiqqanini ma’lum qildi. Ammo namoyishchilarning fikricha, to‘planganlar soni 50 ming kishidan kam emas.

Monarxiyaga qarshi namoyishchilar qirollik qarorgohi oldidagi bog‘da to‘planishdi. Ular hukumatga «Tailand xalqqa tegishli» ekanini uqtirishyapti, deyiladi «BBC News» xabarida.

Namoyishchilar, shuningdek, olti yil ilgari davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatga kelgan Prayut Chan-Ochi hukumatining iste’foga chiqarilishini ham istashyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring