Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britni Spirs otasi bilan sudlashmoqda

Britni Spirs otasi bilan sudlashmoqda

Taniqli pop-xonanda Britni Spirs otasi Jeymi Spirs bilan sudlashmoqda. Bu haqda uning advokati Metyu Rozengart Reyters agetligiga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Jeymi Spirs 13 yildan beri Britniga vasiylik qilib keladi. Xonanda o‘z pullarini o‘z xohishicha ishlatolmaydi, otasi bilan maslahatlashishi, hisoblashishi kerak.

Endi ota shu vasiylikdan voz kechmoqchi va evaziga 2 mln. dollar pul talab qilyapti. Ayni paytda sud jarayonlari ketyapti. Advokatning aytishicha, Britni firibgarlik qilmaydi, otasini pulsiz qoldirmaydi.

Avvalroq Jeymi Spirs vasiylikdan voz kechish uchun 60 mln dollar so‘ragandi, ammo qachon ketishini aytmagan edi. Keyingi sud majlisi 29 sentyabrda bo‘lib o‘tadi va shunda uning vasiylikdan ketishi e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring