Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyalik biologlar Robin Gud daraxtini klonlashdi

Britaniyalik biologlar Robin Gud daraxtini klonlashdi

Olimlar sentyabr oyi oxirida noqonuniy ravishda kesilgan Robin Gud daraxtini jonlantirish niyatida, deb xabar bermoqda planet-today.ru nashri.

Buyuk Britaniyada noma’lum shaxslar mamlakatdagi eng mashhur Robin Gud daraxtini kesib tashlanganini  Nortumberlend milliy bog‘i 28sentyabr, payshanba kuni o‘zining rasmiy saytida ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.

Gap shundaki ushbu kesilgan daraxtning yoshi bir necha yuz yilga teng. U 1991-yilda «Robin Gud: O‘g‘rilar shahzodasi» filmida suratga olinganidan keyin mashhur bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, Robin Gudning uyasi Shervud o‘rmonidagi eman daraxtlaridan birida joylashgan edi, ammo suratga olish uchun ular Angliya shimolidagi milliy bog‘dagi chinordan foydalanishgan. Ushbu chinor 2016-yilda Angliyada «Yil daraxti» unvonini olgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, daraxt ildizidan qayta o‘sishi mumkin. Ammo u avvalgidek ulug‘vor emas, boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qolgan to‘nkasidan bitta katta emas, balki bir nechta ingichka tanasi bo‘y cho‘zadi.

Britaniyalik olimlar chinorni qaytarishning yana bir yo‘li bor – genetik jihatdan bir xil daraxt yaratish. Bunga klonal ko‘payish deb ataladigan usul yordamida erishish mumkin.

O‘simliklarni klonlash hayvonlarga qaraganda ancha oson. Ular bir nechta hujayradan qayta o‘sishga qodir. Mikroko‘paytirishda olimlar bir necha ming mayda namunalar olib, ularni ozuqa moddalariga boy muhitda o‘stiradilar. Shuningdek, ular ildiz o‘sishini rag‘batlantirish uchun gormonlar bilan davolashadi.

«Bu mitti namunalar keyinchalik mustaqil to‘laqonli o‘simliklarga aylanishi mumkin, ularning har biri asl nusxaning mukammal klonidir», deb tushuntirdi jamoa.

Ikkinchi yo‘l – mayda qalamchalarni olib, uni bir xil turdagi yosh daraxtga payvand qilish. Bunday holda, kesishning yuqori qismi genetik jihatdan namuna olingan daraxtga o‘xshash, ammo ildizlar genetik jihatdan boshqacha bo‘ladi.

Britaniyaning tarixiy diqqatga sazovor joylar va tabiiy go‘zallik milliy jamg‘armasi vakillari allaqachon asl nusxaning klonlarini yetishtirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan urug‘lar va qalamchalarni to‘plashdi. Shuningdek, ular tomir ottirish usulini qo‘llash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring