Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada robot-advokatga birinchi sud ishi topshirildi

Britaniyada robot-advokatga birinchi sud ishi topshirildi

Buyuk Britaniyada robot-advokatga birinchi sud ishi topshirilmoqda. Keyingi oydagi eshituvlarda javob beruvchi sun’iy intellektdan maslahat olishi haqida Daily Mail xabar berdi.

Nashr yozishicha, hademay bironta sudya, prokuror yoki advokat qolmaydi — hammasini sun’iy intellekt bajaradi.

«Fevraldagi sud majlisi birinchi marta ayblanuvchi sun’iy intellektdan maslahat olgan sud sifatida tarixga kiradi. Texnologiya 2015-yilda DoNotPay kompiyasi tomonidan ishlab chiqilgan parkovka uchun solingan jarimalar ustidan arz qilish dasturiga asoslangan», — deyiladi xabarda.

Dunyodagi ilk robot-advokat aybanuvchining smartfonida turib ishlaydi, u qo‘yilayotgan ayblovlar asosida sharhlarni tahlil qilib, ayblanuvchiga o‘zini himoyalash uchun nimalar deyishni maslahat beradi.

Robot-advokat muallifi Joshua Brauderning aytishicha, «aksariyat yuristlar shunchaki qog‘ozlarni qoralash uchun ham juda ko‘p pul so‘rashadi, bunga chek qo‘yish payti keldi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring