Britaniyada koronavirus tufayli qariyalar uyida vafot etganlar sanab chiqildi
SARS-CoV-2 epidemiyasi davrida Buyuk Britaniyadagi qariyalar uyida 12 mingdan ortiq kishi koronavirusni yuqtirish natijasida halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi davlat statistika xizmati. Bu haqda «The Sun» xabar berdi.
Bunday qurbonlarning umumiy soni — 12 526 nafar. Mart va aprel oylaridagi to‘liq ma’lumotlarga ko‘ra, ular mamlakatda qayd etilgan barcha o‘lim holatining qariyb chorak qismini — 27,3 foizni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, pensionerlar orasida COVID-19 dan o‘lish ehtimoli aholining yosh qatlamiga qaraganda 34 baravar yuqori. Vafot etganlarning aksar qismini 65 yoshdan oshganlar tashkil etadi. Bu Britaniyada qayd etilgan 33,6 mingta o‘limdan 30,9 ming nafari degani.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter