Chiqindi ichidagi brilliant yohud 30 soat qidirilgan uzuk
Tailandlik ayol 30 soatlik qidiruvdan so‘ng yo‘qolgan olmos ko‘zli uzukni chiqindixonadan topdi.
Ayol qo‘llarini yuvish uchun uzukni yechib olgan va uni qanday qilib axlatga tashlaganini sezmay qoldi. Natijada, qimmatbaho uzuk chiqindixonadan joy olgan.
Uzuk yo‘qolgani ma’lum bo‘lgach, Apitchaya Ning unining qayerda ekanini darrov tushundi. U ishchilar guruhini yolladi, ular bilan birga taxminan 28 gektar maydondagi axlat uyumlarini saralab chiqdi. Oxir-oqibat uzuk topildi. Ning buni ijtimoiy tarmoqlardagi videotasvirda ko‘rsatdi.
Ayol nega bu qimmatbaho uzukni topishga qaror qilganini tushuntirdi, chunki uzuk 400 ming bat (11 ming dollar ekvivalent) turadi.
Ilgari AQShda ham xuddi shunday voqea sodir bo‘lgandi, u yerda kommunal xizmatchilar 20 tonnalik chiqindi ichidan ayolning yo‘qolgan qimmatbaho uzugini topib olishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter