Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brent markali neft so‘nggi uch yilda 84 dollardan qimmatlashdi

Brent markali neft so‘nggi uch yilda 84 dollardan qimmatlashdi

Foto: EPA

Brent markali neft narxi  London birjasi (ICE Futures)dagi dekabr oyi uchun fyucherslarda $1,93 ga o‘sib (+2,34 foiz), bir barreli 84,32 dollarga yetdi.

WTI markali neft qiymati esa Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)dagi noyabr oyi fyucherslarida 2,31 dollarga sakrab (+2,91 foiz) bir barreli 81,66 dollarni tashkil etdi. Bu so‘nggi yetti yildagi eng yuqori narx.

Osiyo iqtisodiyoti tiklanishi ortidan energiya tashuvchilarning narxlari o‘smoqda. Aholini vaksinatsiyalash sur’ati jadallashib cheklovlar olib tashlanmoqda, o‘z navbatida, iste’mol va talab tinmay oshyapti.

Yevropa va Osiyodagi energetika inqirozi gaz va ko‘mir narxi qimmatlashishiga olib keldi, bu esa neftni energiya ishlab chiqaruvchi jozibador xom ashyoga aylantirdi.

Shuningdek, OPEK+ mamlakatlari neft chiqarishni sutkasiga 400 ming barrelga ko‘paytirgani ham «qora oltin» narxining sakrashiga turtki berdi.

Shu haftada OPEK neft bozoriga bag‘ishlangan oylik hisobotini taqdim etishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring