Braziliyalik omadsiz murabbiy hujumga uchradi
Rio-de-Janeyroda futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Tite o‘g‘ri hujumiga uchradi.
Bu haqda O Globo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, o‘g‘ri Braziliya terma jamoasi muxlisi bo‘lib chiqqan. Avvaliga u 61 yoshli mutaxassisni tanimagan, biroq uning bo‘ynidagi oltin zanjirni yechib olgach, Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022 musobaqasidagi natijasidan norozilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar 1/4 finalda Xorvatiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.
Turnir yakunida Tite o‘z lavozimini tark etdi. Argentina esa finalda Fransiyani mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter