Braziliyada avtobuslarga o‘t qo‘yildi, davlat binolari o‘qqa tutildi
Braziliyada 8 ta avtobusga o‘t qo‘yildi, davlat binolari o‘qqa tutildi, deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.
Mamlakat politsiyasi kecha Fortaleza shahrida 8 ta avtobusga o‘t qo‘yilganini, ayrim davlat tashkilotlari o‘qqa tutilganini ma’lum qildi.
Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilyapti. Uch kishi qo‘lga olingan.
Voqea nima maqsadda uyushtirilgani hanuz noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter