Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidentining o‘g‘li korrupsiyada ayblanmoqda

Braziliya prezidentining o‘g‘li korrupsiyada ayblanmoqda

Foto: «Youtube.com»

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning to‘ng‘ich o‘g‘li Flaviu Bolsonaru Rio-de-Janeyro shtatida pulni o‘zlashtirish va korrupsiyada rasman aybdor deb topildi, deya xabar berdi «Reyter» agentligi.

Prokurorlarning ma’lum qilishicha, Braziliya prezidentining o‘g‘li bilan bog‘liq firibgarlik operatsiyalari 2007- yildan 2018-yilgacha davom etgan. Bundan tashqari, yana 16 kishiga nisbatan ayblov e’lon qilindi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, Flaviu Bolsonaru barcha ayblovlarni rad etib, ularni asoslanmaganligini hamda hech qanday jinoyatda aybi yo‘qligini ma’lum qildi.

Avvalroq kichik Bolsonaru o‘g‘rilik, pulni o‘zlashtirish va jinoiy tashkilotni boshqarish kabi jinoyatlarda aybdor deb topilishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Flaviu Bolsonaruga nisbatan tergov harakatlari 2019-yil noyabrda boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Rio-de-Janeyro prokuraturasi sobiq deputat Flaviu Bolsonaru do‘stlari va qarindoshlarining daromadlarini o‘zlashtirish maqsadida ularni maslahatchi sifatida yollaganini tekshirishni rejalashtirmoqda. Maslahatchilar ro‘yxatida poytaxtdan olisda istiqomat qiluvchi veterinar va bodibilderning borligi shubha uyg‘otgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring