Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti shoshilinch jarrohlik stoliga yotqizildi

Braziliya prezidenti shoshilinch jarrohlik stoliga yotqizildi

Foto: X/LulaOficial

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 10-dekabr kuni shoshilinch jarrohlik stoliga yotqizildi. Unga bosh chanog‘i ichki qon quyilishi tashxisi qo‘yilgan.

Prezident oktyabr oyida o‘z qarorgohida yiqilib tushganidan buyon uni bosh og‘rig‘i tinmay bezovta qilib kelgan. Ta’kidlanishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan.

«79 yoshli Lula o‘zini yaxshi his etmoqda», — deya ma’lum qildi San-Pauludagi «Sirio-Libanes» shifoxonasi.

Navbatdagi jarrohlik amaliyoti bugun, 12-dekabrda o‘tkaziladi. Davolovchi shifokor Roberto Kalilaning aytishicha, qon ketishi xavfini kamaytirish uchun yangi amaliyot o‘tkazish zarur.

Ta’kidlanishicha, bu kutilgan va nisbatan oddiy operatsiya bo‘lib, taxminan bir soat ketadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring