Braziliya prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bugun ertalab qorin og‘rig‘i bilan shifoxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda G1 yangiliklar portali.
U qurolli kuchlar gospitalida tekshiruvdan o‘tmoqda.
Davlat rahbarining ertalabki tadbirlari bekor qilindi.
Bolsonaru 2018-yil sentyabr oyida saylovlardan deyarli bir oy oldin Minas-Jerays shtati Juiz-de-Foru shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida pichoqdan jarohatlangandi. Pichoq ichakni qon bilan ta’minlaydigan qatqorin arteriyasiga zarar yetkazgan. Shundan so‘ng Braziliya yetakchisi bir nechta operatsiyalarni o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter