Braziliya prezidenti jarrohlik stoliga yotqizildi (video)
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru jarrohlik stoliga yotqizildi. Bu 2018-yil sentyabr oyida unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan so‘ng o‘tkazilayotgan rejali jarrohlik amaliyotidir.
Davlat rahbari operatsiya qilingan kun va tiklanish kunlari uning vazifasini vitse-prezident Gamilton Mur bajaradi.
Bolsonaru yakshanba, 27-yanvar kuni San-Pauludagi kasalxonada ro‘yxatga olindi. Keyin u shifoxona kiyimida «Twitter» orqali videomurojaat yo‘lladi. Xabarlarga ko‘ra, operatsiya uch soat atrofida davom etadi, prezident salomatligini 7-10 kun davomida shu kasalxonada tiklashi kutilmoqda.
Um forte abraço a todos e até breve! Deus no comando! 🇧🇷👍 pic.twitter.com/SegyTyNrol
— Jair M. Bolsonaro (@jairbolsonaro) 27 yanvarya 2019 g.
Qisqa murojaatida Bolsonaru uning kasalxonada bo‘lishiga qaramay, davlat va mahalliy hukumat to‘g‘on buzilishidan jabrlanganlarga yordam ko‘ratish uchun kuchini ayamasligini, ushbu halokat hammaga birdek ta’sir ko‘rsatganini va hukumat qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlarning oilalari dardiga sherik ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni Minas-Jerays shtatidagi to‘g‘on buzilishidan qurbon bo‘lganlar soni 58 nafarga yetgan.
Ma’lumot uchun: sobiq harbiy, sotsial-demokratlar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Jair Bossonaruni «Braziliya Trampi» deb ham atashadi. U hali prezidentlikka saylanib ulgarmasidan suiqasd uyushtirilishi natijasida jarohat olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter