Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorda bir necha erkak nega ayolni ayovsiz tahqirladi? — Rasmiy munosabat

Bozorda bir necha erkak nega ayolni ayovsiz tahqirladi? — Rasmiy munosabat

Foto: IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bozorlardan birida ayol kishi bir necha erkak tomonidan ayovsiz tahqirlandi» nomi ostida tarqalgan videotasvir yuzasidan IIV bayonot berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 5-iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va janjalkash shaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi G.T. Chortoq tumaniga mast holda borib, Chortoq shahar avtoshoh bekatida hech qanday sababsiz janjal ko‘targan va hududdagi do‘kon va boshqa ob’yektlarning oynalarini sindirib, do‘konlarga ziyon, o‘ziga esa tan jarohati yetkazgan.

Shu yerda ishlovchi somsapazning idishlarini ham sindirib tashlagandan so‘ng 1988-yilda tug‘ilgan somsapaz X.Yu. ayolga bu yerdan ketishini tushuntirgan, biroq ayol spirtli ichimlik talab qilib, janjal ko‘tarishda davom etgan.

Shundan so‘ng X.Yu. ayolning sochidan tortib, uni bekatdan tashqariga olib chiqish uchun sudragan.

IIV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fuqaro X.Yu. esa vaqtincha ma’muriy tartibda ushlangan.

Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring