Boysun va Oltinsoyda kuchli sel sabab 900 kishi yashash joyidan ko‘chirildi
13-may kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani hududidan oqib o‘tuvchi Oltinsoy soyining suv hajmi sezilarli darajada oshgan. Natijada ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz (yaqin qarindoshlari uylari) hududga vaqtincha ko‘chirildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, Boysun tumanidagi «Pasurxi» mahallasiga Boysun tog‘ tizmasiga surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida «Oybarak» soyi orqali sel kelgan.
«Avlod» hamda «Sariosiyo» qishloqlarini bog‘lab turuvchi ko‘prikni suv bosganligi tufayli avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Vaziyat viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ayni damda boshqarma qutqaruvchilari hamda FVDTning 150 dan ortiq xodimi, shuningdek, 20 ga yaqin texnika yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Sel oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter